“Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Yaya Ture jamoa bilan yangi kelishuvga erishdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ivuarlik futbolchi “shaharliklar” bilan 2018 yilning yoziga qadar mo`ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
“Men bu erda ekanligimdan mamnunman. Mening “Manchester Siti” bilan sarguzashtlarim yakuniga etgani yo`q. Mening buyuk futbolchilarga ega bo`lgan buyuk klubda to`p surishim omadliligimdandir”, – dedi Yaya Ture.
Ma`lumot uchun, yakunlangan mavsumda yarim himoyachi Premer ligada 31 ta o`yinda maydonga tushdi va 7 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.