“Shalke-04” klubi hujumchisi Klas-Yan Xuntelar Amsterdamning “Ayaks” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda golland klubining tvitterdagi rasmiy sahifasi xabar berdi.
33 yoshli futbolchi bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Xuntelar 2006-2008 yillarda ham “Ayaks” safida to`p surgan. Shundan so`ng, “Real”, “Milan” xamda “Shalke-04” jamoalarida faoliyat yuritdi.
Ma`lumot uchun, o`tgan mavsum Xuntelar Bundesligada 16 ta o`yin o`tkazib, ikkita gol kiritdi.






