AsosiySUG'DIYONA

Yozgi 4 xil qayla

'Yozgi 4 xil qayla'ning rasmi

1. Ko`k piyozli. 2 ta ko`k piyozni maydalab to`g`rang. 1 bo`lak sarimsoq piyozni ezib, 150 gr. smetana solib, 50 gr. mayonez ham qo`shing. 1 choy qoshiq ezilgan qalampir, tuz, murch, bir chimdim shakar seping-da, yaxshilab aralashtiring. Keyin maydalangan ko`k piyozni qo`shing. Qaylani shashlik, gaz pechida pishirilgan sabzavotlar, baliq bilan dasturxonga tortish mumkin.

2. Rayhonli. 1-2 ta rayhon bargini maydalab to`g`rang. 200 gr. mayonezga 2 choy qoshiq limon sharbati, bir chimdim shakar, tuz va qora murch soling. Keyin maydalangan rayhon bargi qo`shing. Idish qopqog`ini yopib, 15 daqiqa muzlatkichga qo`ying. Bu qayla tovuq go`shti va qovurilgan, gaz pechida pechida pishirilgan sabzavotlar bilan birga dasturxonga tortish uchun ayni muddao.

3. Sarimsoq piyozli. 1 ta yangi sarimsoq piyozning ko`k bargli tomonini maydalab to`g`rab, bo`laklarini ezing. 200 gr. yog`siz yogurtni yarim osh qoshiq zaytun yog`i bilan aralashtiring. Tuz va qora murch qo`shib, sarimsoq piyozni ham soling. Qaylani muzlatkichga qo`yib oling. Uni baliq go`shti, go`shtli kotletlar bilan tanovul qilish mumkin.

4. Kinzali. 3 ta kinzani maydalab to`g`rang. 100 gr. yog`siz smetanani 100 gr. oddiy yogurt bilan aralashtiring. Yarim choy qoshiq kunjut yog`i, 1 osh qoshiq apelsin sharbati qo`shib, tuz seping. Keyin maydalangan kinzani qo`shib, 15 daqiqa qopqog`i yopiq holda muzlatkichga qo`ying. Ushbu qaylani tovuq go`shti va baliq go`shtidan gaz pechida pishirilgan taomlar bilan dasturxonga tortish mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar