AsosiySport

O`zbekiston U-15 termasi Polsha o`smirlaridan mag`lubiyat qabul qilib oldi

'O`zbekiston U-15 termasi Polsha o`smirlaridan mag`lubiyat qabul qilib oldi 'ning rasmi

Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O`zbekiston U-15 terma jamoasi Toshkent shahrida davom etayotgan o`smirlar o`rtasidagi xalqaro musobaqada ikkinchi uchrashuvini Polsha U-15 termasiga qarshi o`tkazdi.

Gollarga boy kechgan o`yinda polshaliklar 3:1 hisobida g`alaba qozondi. O`zbekiston o`smirlar termasi qatorasiga ikkinchi o`rinda mag`lubiyat qabul qilib oldi. Dastlab Dilshod Nuraliev shogirdlari Yaponiya U-15 termasiga 1:5 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Polsha o`smirlari esa ketma-ket ikkinchi o`yinda zafar quchdi. Ilk bellashuvda polshaliklar Belarus U-15 darvozasiga javobsiz 6 ta gol urib, ishonchli g`alabaga erishgandi.

O`smirlar o`rtasidagi xalqaro turnir
Toshkent, “JAR” stadioni
3 iyun, shanba

O`zbekiston U-15 – Polsha U-15 — 1:3

Gollar: Timur Mamasiddiqov (75) – Yakub Kaminski (22), Lukash Shramoski (27), Kasper Sadlocha (67).

O`zbekiston U-15: Qodirov Mo`min, Jasur Abdulbekov, Sardor Abdurashidxo`jaev, Xurshid Ubaydullaev, Doniyor Sobirov, Diyor Raimqulov, Murod Xo`jaberdiev, Mirjalol Qosimov, Jasur Jaloliddinov, Dilmurod Qosimov, Timur Mamasidiqov.

Zaxira: Shukran Yo`ldoshev, Bekzod Ne`matov, Xusain Narpaev, Miron Sattorov, Javohir Abdualimov, Bo`ronbek Mirzasalimov, Tohir Rafaelov, Azamat Abdusalimov.

Polsha U-15: Bartosh Matoga, Nikodem Niski, Lukash Beyger, Arkadiush Baran, Kasper Masni, Slavomir Shmil, Dominik Stupienko, Yan Beyganski, Yakub Kaminski, Adam Kramarj, Kasper Sadlocha.

Zaxira: Mikolay Beyganski, Filip Dimerski, David Rezafian, Natan Vaxlig, Gabor Grabovski, Lukash Shramoski, Filip Shmishchak, Mixal Rakoshi, Bartosh Zinek.

Boshqa yangiliklar