AsosiySport
4167

Ronaldu: Pasportimdagi yoshimning ahamiyati yo`q

'Ronaldu: Pasportimdagi yoshimning ahamiyati yo`q 'ning rasmi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ga qarshi (4:1) EChL finalida dubl qayd etdi va jamoasining g`alabasiga o`zining munosib xissasini qo`shdi. Uchrashuvdan so`ng esa Ronaldu o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

“Men juda xursadman. Pasportdagi yosh – bu shunchaki raqamlar. Men o`zimni bolakayday xis etmoqdaman. Men yana bir buyuk mavsumni o`tkazdim. Biz sheriklarimiz bilan birga ikkita sovrinii qo`lga kiritdik va dubl qayd eta oldik. Bu mening faoliyatimdagi eng yaxshi davrlardan biri bo`ldi.

Final teng kurashlar ostida o`tdi. Ayniqsa, birinchi bo`limda “Yuve” ajoyib o`ynadi. Hujumlar qildi. Biroq ikkinchi bo`limda biz super o`yin namoyish etdik. Bilishimcha, bu “Real”ning mavsum davomida o`tkazgan eng yaxshi ikkinchi taymi bo`ldi.

Butun turnir davomida 3 ta to`p o`tkazgan jamoa bilan o`yinda chempion bo`lish, juda qiyin”, – deb portugaliyalik yulduzning so`zlarini keltirib o`tdi UEFA rasmiy sayti.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar