AsosiySport

O`zbekiston OFK texnik reytingida 9-o`rinni saqlab qoldi

'O`zbekiston OFK texnik reytingida 9-o`rinni saqlab  qoldi 'ning rasmi

Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) tashkilotga a`zo mamlakatlar federasiyalarining yangi texnik reytingini e`lon qildi.

Unga ko`ra, O`zbekiston 44,98 ochko bilan 9-pog`onani saqlab qoldi. OFK reytingida BAA (95,428 ochko) peshqadamlik qilayotgan bo`lsa, ikkinchi va uchinchi o`rinlarni mos ravishda Janubiy Koreya (89,182) va Qatar (82,977) egallagan.

Ma`lumot uchun, OFK texnik reytingi terma jamoalarning FIFA reytingidagi ballarning 10 foizi, tegishli assosiasiyalar klublarining OChL va OFK Kubogi xalqaro musobaqalarida jamg`argan ballarining 90 foizidan tashkil topgan.

Qayd etish kerakki, shu yilning noyabr oyida e`lon qilinadigan texnik reyting 2019 va 2020 yillardagi OChL va OFK Kubogi musobaqalari uchun OFKga a`zo mamlakat fererasiyalari klublariga ajratiladigan kvotalar soniga ta`sir qiladi.

Boshqa yangiliklar