Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o`quvchisi Jasurbek Ibrohimovning kollejdoshlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgani barchani larzaga soldi.
Uning o`limidan xabardor har bir yurtdoshimiz Jasurbekning ota-onasiga dalda so`zlarini izhor etishmoqda. Aktyor Javohir Zokirov o`zining Instagramdagi sahifasiga hodisa yuzasidan qayg`udaligini yozib qoldirdi:
“Jasurbek Ibrohimov bilan yuz bergan hodisa millatimiz fojiasi sanaladi. Har birimiz bu borada o`z fuqarolik pozisiyamizni bildirib, haqqoniy va shaffof tergov o`tkazalishi hamda ushbu hodisaga aloqadorlar albatta jazolanishini talab qilishimiz kerak. O`sib kelayotgan avlod adolatga bo`lgan ishonchini yo`qotmasligi kerak. Ko`p narsani qo`ldan boy berdik, harakat qilish vaqti keldi. Butun oilam nomidan Jasurbekning ota-onasiga hamdardligimni izhor etaman”, deydi u.