Shu yilning 1–5 iyun kunlari Toshkent shahrida 15 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasida xalqaro turnir bo`lib o`tdi. O`tkazilgan barcha uchrashuvlarda g`alaba qozongan Yaponiya U-15 termasi musobaqa g`olibi bo`ldi.
Yaponiyaliklar dastlab O`zbekiston (5:1), keyin Belarus (1:0) o`smirlar terma jamoasini mag`lubiyatga uchratdi. So`nggi bahsda esa Polsha U-15 termasini 2:1 hisobida taslim qildi va bosh sovringa ega chiqdi.
O`tkazilgan uch o`yindan 2 tasida g`alaba qozongan Polsha o`smirlar terma jamoasi ikkinchi o`rinni egalladi. Har ikki sovrindor jamoa kubok va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.
Dilshod Nuraliev shogirdlari oxirgi o`yinni Belarus U-15 termasiga qarshi o`tkazib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mazkur musobaqa O`zbekiston o`smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o`tadi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari bo`lib o`tadi.
O`smirlar o`rtasidagi xalqaro turnir
Toshkent, “JAR” stadioni
5 iyun, dushanba
Polsha U-15 – Yaponiya U-15 — 1:2






