AsosiySport

Vitaliy Denisov jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o`tkazdi

'Vitaliy Denisov jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o`tkazdi'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning “Lokomotiv” klubi himoyachisi Vitaliy Denisov 2016/17 yilgi mavsum yakunida belidan jarohat olgandi.

Shu munosabat bilan tajribali himoyachi Germaniyada jarrohlik amaliyotini o`tkazdi va u muvaffaqiyatli o`tdi, deb ma`lum qiladi O`FF matbuot xizmati. “Temiryo`lchilar” shifokori Nikita Karliskiyning aytishicha, Denisov tiklanish jarayonini boshladi.

“O`zimni yaxshi his qilyapman, ammo beldagi og`riqlar butunlay yo`qolganicha yo`q. Jarrohlik amaliyoti 3,5 soat davom etdi. Shifokor ikki haftadan keyin zal va basseynda mashg`ulotlarlarni boshlashim mumkinligini aytdi. Yanada kuchli bo`lib qaytaman”, – dedi Vitaliy Denisov.

30 yoshli futbolchi jarohati tufayli O`zbekiston termasining Tailandga qarshi o`rtoqlik hamda Eronga qarshi JCh–2018 saralash bosqichi o`yinlarini o`tkazib yuboradi.

Boshqa yangiliklar