Germaniyaning “Bavariya” klubi hujumchisi Tomas Myuller bosh barmog`idan olgan jarohati tufayli jarroh stoliga yotishga majbur bo`ldi.
Bild nashrining ma`lum qilishicha, futbolchi operasiya qilindi va u muvaffaqiyatli yakun topdi. Mazkur jarohat germaniyalik forvardni mavsum davomida bezovta qilib kelgandi.
Tomas Myuller ayni vaqtda tiklanish jarayonini boshlab yuborgan. Uning tez orada mashg`ulotlarga qaytishi kutilmoqda.






