AsosiySport

Milovan Raevas: O`zbekiston kuchli ekanini bugun isbotladi

'Milovan Raevas: O`zbekiston kuchli ekanini bugun isbotladi'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi JCh–2018 saralash bahsi oldidan bugun, 6 iyun kuni Toshkentda Tailand termasi bilan kuch sinashdi va 2:0 hisobida zafar quchdi.

O`yindan keyin o`tkazilgan matbuot anjumanida tailandliklar bosh murabbiyi Milovan Raevas o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

“Bugungi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko`rgandik. O`yin davomida bir qator imkoniyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. O`zbekiston juda kuchli va ular bugun buni isbotladi. Umuman, qiziqarli va kurashlarga boy o`yin guvohiga aylandik. Raqib o`z imkoniyatlaridan unumli foydalandi. Darvozamizga kiritilgan birinchi golini bartaraf etish mumkin edi, biroq ikkinchi gol professionallarga xos tarzda kiritildi.

Albatta, bugun bir qator yangi futbolchilarni sinovdan o`tkazdik. Imkon kadar barchaga imkon berishni va kelajakda yaxshi natijalar qayd etishni istaymiz. Bugun vaziyatlardan foydalana olmadik, agar foydalanganimizda durang o`ynashimiz mumkin edi. Asosiy maqsadimiz — navbatdagi Jahon chempionati saralashida va qit`a birinchiligida munosib qatnashadigan yangi jamoa qurish”, – dedi Tailand bosh murabbiyi Milovan Raevas.

Eslatib o`tamiz, JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turida O`zbekiston 12 iyun kuni safarda Eron mehmoni bo`ladi. Tailand esa “B” guruhi 8-turida 13 iyun kuni BAA termasiga qarshi kurash olib boradi.

Boshqa yangiliklar