AsosiySport

O`zbekiston termasi raqibi — Suriya o`rtoqlik o`yinida Yaponiya bilan durang o`ynadi

'O`zbekiston termasi raqibi — Suriya o`rtoqlik o`yinida Yaponiya bilan durang o`ynadi 'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhidagi guruhdoshi – Suriya termasi o`rtoqlik o`yinida Yaponiya bilan o`zaro bahs olib bordi.

Mazkur o`yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Bellashuvning 48-daqiqasida Madrik Mardikyan hisobni ochgan bo`lsa, 58-daqiqada Yasuyuki Konn muvozanatni tikladi.

Avvalroq Ayman Hakim bosh murabbiyligidagi Suriya terma jamoasi Muskat shahrida Ummon bilan o`rtoqlik o`yini o`tkazib, 1:1 hisobida durang o`ynagani haqida xabar berilgandi.

Ma`lumot uchun, JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan keyin Suriya 8 ochko bilan 4-o`rinda bormoqda. Yaponiya 16 ochko bilan xuddi shuncha ochkoga ega bo`lgan Saudiya Arabistonidan yaxshiroq to`plar nisbati bilan “B” guruhida peshqadamlik qilmoqda.

Boshqa yangiliklar