AsosiySport

Ispaniya qiyin kechgan o`yinda Kolumbiya bilan durang o`ynadi (Video)

'Ispaniya qiyin kechgan o`yinda Kolumbiya bilan durang o`ynadi (Video)'ning rasmi

Shu kunlarda FIFA kunlari munosabati bilan ko`plab mamlakat terma jamoalari o`zaro o`rtoqlik o`yinlarida maydonga tushishmoqda.

Jumladan, Ispaniya terma jamoasi Kolumbiya futbolchilari bilan o`zaro bahs olib bordi. Mazkur o`yinda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.

“Qizil furiya” safida gollarga David Silva va Alvaro Morata mualliflik qilgan bo`lsa, kolumbiyaliklardan Kardona va Radamel Falkao gol urdi.

Ispaniya – Kolumbiya 2:2

Gollar: 1:0 – 22 Silva, 1:1 – 39 Kardona, 1:2 – 55 Falkao, 2:2 – 87 Morata.

Ispaniya: Reyna, Pike (Deulofeu, 56), Alba (Saul, 46), Aspilikueta, Nacho, Inesta (Asensio, 46), Ilyarramendi, Silva (Monreal, 46), Koke, Pedro (Vitolo, 76), Aspas (Morata, 56).

Kolumbiya: Ospina, Aryas, Armero, Sapata, Sanches (Murilo, 46), Xames (Muriel, 80), Sanches, Kardona (Moreno, 67), Agilyar (Torres, 67), Kuadrado (Iskerdo, 88), Falkao (Bakka, 77).

Ogohlantirishlar: Kuadrado (31), Alba (31), Silva (36), Sanches (45), Armero (71), Ilyarramendi (90).

Boshqa yangiliklar