Oliy Liga musobaqa jadvalida etakchilik qilayotgan “Lokomotiv” jamoasi futbolchilari bugun poytaxtimizda joylashgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida tibbiy ko`rikdan o`tishdi.
Kunning birinchi yarmida o`tkazilgan barcha tekshiruvlar chuqurlashtirilgan tartibda o`tkazildi. Unda terma jamoa ixtiyorida bo`lgan futbolchilarimizdan tashqari qolgan barcha ishtirok etdi. Tibbiy tekshiruv jarayoni ko`ngildagidek o`tdi.
Ertalabdan tibbiy ko`rikdan o`tilgani bois kunning birinchi qismida mashg`ulot o`tkazilmadi. Bugun tushdan so`ng jamoamiz yana mashg`ulotlarni davom ettiradi.






