AsosiySport

“MYu” Ivan Perishich uchun 55 mln evro sarflashga tayyor

'“MYu” Ivan Perishich uchun 55 mln evro sarflashga tayyor'ning rasmi

“Manchester Yunayted” jamoasi “Inter” yarim himoyachisi Ivan Perishichni sotib olish fikridan qaytmayapti. Bu haqda Football Italia nashri ma`lum qilmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, mankunianlar xorvatiyalik futbolchi uchun “Inter” so`rayotgan 55 million evroni berishga tayyor. Avvalroq “MYu” 40 million taklif qilgandi, ammo milanliklar aynan 55 million evro so`ragan.

Yakuniga etgan mavsumda Ivan Perishich A Seriya doirasida 36 o`yinda ishtirok etib, 11 ta gol va 10 ta golli pasga mualliflik qilgan.

Boshqa yangiliklar