“Vest Xem” jamoasi rahbariyati “Verder” klubi hujumchisi Maks Kruzega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatdi.
“Verder” 29 yoshli futbolchini kamida 12 million evroga sotishini ma`lum qildi. Avvalroq Germaniya klub hujumchisiga “Manchester Yunayted” qiziqish bildirgandi.
Ma`lumot uchun, yakunlangan mavsumda Maks Kruze “Verder”ning barcha musobaqalarida 24 o`yinda maydonga tushib, 15 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.