AsosiySUG'DIYONA

​Lavashdan pirog — iftorlikka tayyorlang!

'​Lavashdan pirog — iftorlikka tayyorlang!'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 3 dona lavash xamiri, 300-350 gr. go`sht qiymasi, 150 ml. smetana, 100 gr. pishloq, 1 bosh piyoz, 1 ta pomidor, 1-2 dona tuxum, tuz, zaytun yog`i, murch.

Tayyorlanishi: 1. Piyozni halqa shaklida to`g`rang. Qizdirilgan zaytun yog`ida qovuring. Go`sht qiymasini ham solib, tuz, murch seping-da, 10-12 daqiqa qovurishda davom eting.

2. Pomidorni qirg`ichdan o`tkazing. Qorvurilayotgan qiymaga qo`shib, past olovda 5 daqiqa qoldiring. Keyin olovni o`chiring.

3. Pishloqni qirg`ichdan o`tkazing.

4. Go`sht qiymasini uchga bo`lib, lavash xamirlarini ichiga soling. Har biriga qirg`ichdan o`tkazilgan pishloq soling. Keyin rulet shaklida o`rang.

5. Pergament qog`oz solingan aylana qolipga ruletlarni aylantirib (xuddi qasqonga xonim tergandek) joylashtiring.

6. Tuxumni smetanaga solib, ko`pirtiring. Tuz seping-da, lavashlar ustidan soling. Yuziga pishloq qirindisini seping. Pirogni 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga yarim soatga qo`ying. Pishgach, ko`katlar bilan bezating.

Tayyorlanishi: 1 soat.

4 kishilik.

Boshqa yangiliklar