AsosiyDunyo

​Seulda universitet binosi yonida portlash sodir bo`ldi

'​Seulda universitet binosi yonida portlash sodir bo`ldi'ning rasmi

Seul g`arbida Janubiy Koreyaning Yonsey universitetida sodir bo`lgan portlash oqibatida o`qituvchilardan biri jabrlandi. Polisiya ushbu hodisa terrorchilik harakati degan talqinni ham ehtimoldan holi qilmayapti.

Jabrlangan — professor, arxitekturadan dars bergan, aynan unga 13 iyun kuni ertalab portlovchi modda solingan jo`natma kelgan. Portlash oqibatida u kuyish jarohati olib, kasalxonaga yotkizilgan. Guvohlar portlash jo`natma ochilgan vaqtda yuz berganini aytishmoqda.

O`qituvchining o`zi ishga kelgan vaqtda eshikda korobka solingan paket borligini ko`rib, uni jo`natma deb o`ylaganini aytmoqda. Hodisa joyiga maxsus operativ guruh etib kelgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar