Yo`lda turli vaziyatlar bo`lishi mumkin. Ularga tayyor turish uchun quyidagi mayda chuydalarni olvolish hayolingizdan ko`tarilmasin.
1. Dori darmon
Yoningizda isitmani tushuradigan, og`riq qoldiradigan, hazmni engillashtiradigan xapdorilardan tashqari, plaster, shishlarga qarshi kremlar ham bo`lsin.
2. Pashshalardan himoyalaning
Fumigator, plaster yoki sprey, qanday ko`rinishda bo`lsa ham pashsha va chivinlardan himoya qilish vositalariga jamadoningizdan joy ajrating.
3. Xujjatlar
Pasport, haydovchilik guvohnomasi, avia yoki temir yo`l chiptalarini alohida ajrating va jamadonning olishga qulay qismiga joylashtiring.
4. Foto va video qurilmalar
Hordiq onlarini butun umrga muhrlab, so`ng eslab yurishni istasangiz foto va video kamerani ham yoddan chiqarmang. Ayniqsa ularni quvvatlantiruvchi qurilmlarga e`tiborli bo`ling.
5. Nam sochiqlar
Bolaning qo`li kir bo`lganda, ovqatlanganda, suv yo`q hududlarda, umuman kutilmagan vaziyatlarda tayyor yordamchingiz bo`la oladi.
6. Kosmetik vositalar
Imkoni bo`lsa kichik qutidagi sinab ko`rish uchun ishlab chiqarilgan (probnik) kosmetik vositalaringizni oling. Chunki, tikka tushgan quyosh nurlari, havo haroratining isib ketishi xar qanday vositaning sifatiga o`z ta`sirini o`tkazmay qolmaydi. Shuningdek kichik hajmli vositangiz anchagina joyni tejashi mumkin. Ha aytgandek, taroq va ko`zgu ham yoddan chiqmasin.
7. Video o`yinlar
Telefon va planshetlaringizga bir nechta yangi o`yinlar va vodeolarni yuklab oling. Kichkintoy injiqlik qilganida ham, bir xil manzara jonga tekkanida ham ko`ngil yozishning eng qulay usuli shu bo`ladi.
8. Quyoshdan himoyalavochi vositalar
Ayniqsa bolajonlarning terisi ultrabinafsha nurlariga ta`sirchan bo`ladi. Shu sababdan kamida 50 SPFli quyoshlan himoyalovchi vositalarni tanlang. Ko`zoynak soyabon va shlyapa ham asqotishi aniq.
9. Eng muhimi suv!
Yo`ldan olishi mumkinku deya ko`rmang. Har narsa bo`lishi mumkinda. Ehtimol farzandingiz biror ovloq joyga kelganda chanqab qolar. Yaxshisi uni erinmay g`amlab qo`yyavering.