Sog`liqni saqlash vazirligi Borovskiy kollejining kelgusidagi faoliyati yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Jamiyat 19.06.2017, 15:22
Teglar: Sog`liqni saqlash, Toshkent, Kollej
Sog`liqni saqlash vazirligi Borovskiy kollejining kelgusidagi faoliyati yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Yaqinda P.F.Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kollejining faoliyati o`rganish natijalari ushbu muassasada o`quv tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda jiddiy muammolar borligini ko`rsatdi.

Jumladan, kollejda 2 ming real o`quvchi o`rni mavjud bo`lsa-da, bugungi kunda 3 ming 94 nafar o`quvchi tahsil olmoqda.

Kollejda o`quvchilar soni uning quvvatiga nisbatan 1.5 barobar ko`pligi, guruhlarda o`quvchilar soni o`rtacha 36-38 nafarni tashkil etishi, o`quv xonalari etishmasligi darslar 2 smenada tashkil etilishiga sabab bo`lgan. Bu esa o`quvchilarning darsdan bo`sh vaqtlarida to`garak mashg`ulotlariga jalb etilishini cheklab qo`ygan, ya`ni qo`shimcha mashg`ulotlarni o`tkazish uchun bo`sh auditoriyalarga juda katta ehtiyoj sezilgan.

Qolaversa,o`quvchilar sonining ko`pligi jismoniy tarbiya darslarini sport zallarida tashkil etishdao`quvchilarni to`liq qamrab olish imkonini bermaydi. Ya`ni, ayrim guruhlarga jismoniy tarbiya darslarini o`tish imkoni bo`lmagan.

Bundan tashqari, kollejning faollar zali ham yo`q. Bu holat o`quvchilar o`rtasida ma`naviy-axloqiy, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, ota-onalar yig`ilishlarini o`tkazish imkonini bermaydi. Ustiga-ustak, uch ming nafardan ortiq o`quvchi tahsil oladigan ushbu kollejning Axborot resurs markazi o`quv zali bor yo`g`i 34 o`quvchiga mo`ljallangan, xolos.

Umuman, darslarning 2 smenada tashkil etilganligi, o`quv xonalarining barchasi bandligi, ta`lim muassasasida o`qituvchilarning o`z ustida ishlashi, ota-onalar bilan ishlash, darsdan tashqari ishlarni tashkil etish, psixologik xizmat ko`rsatish, ma`naviy-ma`rifiy, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda jiddiy muammolarni yuzaga keltirgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Toshkent shahridagi P.F.Borovskiy nomli tibbiyot kollejiga 2017-2018 o`quv yili uchun qabul to`xtatilishi yuzasidan tegishli takliflar tayyorlandi. Mazkur takliflar O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasi hamda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi 9-sinf bitiruvchilarini akademik lisey va kasb-hunar kollejlariga qamrab olish bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashga taqdim etildi.

Mazkur vakolatli organlar tomonidan mazkur ta`lim muassasasining kelgusi faoliyati bilan bog`liq tegishli qarorlar qabul qilinadi.

Sharhlar

Toshkentda bolalarni o`g`irlab ketilayotgani haqida video tarqaldi. O`quvchilarni nega mashinaga tiqishmoqchi bo`lishgani ochiqlandi (video)

04.02.2023, 10:15

Ijtimoiy tarmoqlarda go`yoki maktab o`quvchilarini o`g`irlashmoqchi bo`lishayotganligi haqida video xabarlar tarqalmoqda.Mazkur video tarqalidan so`ng, bolalarning yaqinlari deb aytilgan audio ham tarqaldi.Holat bo`yicha IIV o`rganish natijalarini...
Toshkentda "dom" oldida turgan "Captiva" yonib ketdi (video)

01.02.2023, 09:52

Too`kentda "Captiva" yonib ketdi. Bu haqda YHXX xabar bermoqda. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun, 2023 yil 1 fevral kuni soat 08:30 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, KXAY...
Toshkent viloyatida xizmat qilayotgan 20 yoshli askar vafot etdi. Holat bo`yicha tekshiruv boshlandi (video)

17.01.2023, 12:04

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismlarning birida muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan 20 yoshli yigitning vafot etgani yuzasidan xabar tarqaldi.Ma`lum qilinishicha, 12 yanvar kuni...
Toshkentda 17 ta mashina ishtirokida katta avariya sodir bo`ldi (video)

13.01.2023, 09:20

Kecha, 12 yanvar kuni Toshkent shahrida 17 ta mashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Poytaxt YHXB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma`lumot taqdim etdi.Ma`lum qilinishicha, soat 20:40...