​SSV: Toshkent shahridagi tibbiyot kollejlarining bor-yo`g`i 33 foizi ish bilan ta`minlangan

Jamiyat 19.06.2017, 15:44
Teglar: Ish beruvchi, Tibbiyot, Toshkent, Kollej
​SSV: Toshkent shahridagi tibbiyot kollejlarining bor-yo`g`i 33 foizi ish bilan ta`minlangan

Bugun mamlakatimizda yoshlarni o`zi tanlagan sohaning malakali mutaxassisi bo`lib etishishi uchun tizimda izchil islohotlar o`tkazilmoqda. Ta`lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi zamon talabiga to`liq javob berish uchun amaliy ishlar qilinmoqda. Ammo sohani o`rganishlar yurtimizda kasb-hunar kollejlari o`quvchi qizlarining egallagan kasbi bo`yicha ishga joylashtirishda o`z echimini kutayotgan masalalar borligini ko`rsatmoqda. Ayniqsa, bu jihat tibbiyot kollejlari bitiruvchilari o`rtasida yanada yaqqol ko`zga tashlanmoqda.

Misol uchun, 2015-2016 o`quv yilida Toshkent shahridagi tibbiyot kollejlarini 8274 nafar o`quvchi bitirgan bo`lsa, ularning bor-yo`g`i 33 foizi o`z mutaxassisligi bo`yicha ish bilan ta`minlangan, xolos.

Shu sababli,o`tgan yili mamlakatimiz bo`yicha tibbiyot kollejlariga 35 ming nafardan ziyod o`quvchi qabul qilingan bo`lsa, joriy yilda qabul kvotasi 7 mingga qisqartirilib, 28 ming nafarga yaqin o`quvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Ma`lumki, mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori asosida mehnat bozoridagi real ish o`rinlari va akademik liseylarning sifat ko`rsatkichi tahlil qilingan holda 18 ta akademik lisey kasb-hunar kollejlariga aylantirildi. 4 ta akademik liseyda o`quvchilar qabuli to`xtatildi.

Kelgusida ham hududlarning real iqtisodiyot tarmoqlarida barcha sohalardagi kabi o`rta maxsus ma`lumotli tibbiyot kadrlariga bo`lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda malakali kadrlar tayyorlash tizimi isloh qilinib, yildan-yilga bosqichma-bosqich takomillashtirilib boriladi.

Sharhlar

Toshkentda bolalarni o`g`irlab ketilayotgani haqida video tarqaldi. O`quvchilarni nega mashinaga tiqishmoqchi bo`lishgani ochiqlandi (video)

04.02.2023, 10:15

Ijtimoiy tarmoqlarda go`yoki maktab o`quvchilarini o`g`irlashmoqchi bo`lishayotganligi haqida video xabarlar tarqalmoqda.Mazkur video tarqalidan so`ng, bolalarning yaqinlari deb aytilgan audio ham tarqaldi.Holat bo`yicha IIV o`rganish natijalarini...
Toshkentda "dom" oldida turgan "Captiva" yonib ketdi (video)

01.02.2023, 09:52

Too`kentda "Captiva" yonib ketdi. Bu haqda YHXX xabar bermoqda. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun, 2023 yil 1 fevral kuni soat 08:30 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, KXAY...
Toshkent viloyatida xizmat qilayotgan 20 yoshli askar vafot etdi. Holat bo`yicha tekshiruv boshlandi (video)

17.01.2023, 12:04

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismlarning birida muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan 20 yoshli yigitning vafot etgani yuzasidan xabar tarqaldi.Ma`lum qilinishicha, 12 yanvar kuni...
Toshkentda 17 ta mashina ishtirokida katta avariya sodir bo`ldi (video)

13.01.2023, 09:20

Kecha, 12 yanvar kuni Toshkent shahrida 17 ta mashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Poytaxt YHXB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma`lumot taqdim etdi.Ma`lum qilinishicha, soat 20:40...