Kabachkili salat
Taomlanishni engil tamaddidan boshlang!
Zarur masalliqlar: 2 donadan kabachki, pomidor va qaynatilgan tuxum, 2 bo`lak sarimsoqpiyoz, 1 osh qoshiq limon sharbati, mayonez, ko`katlar, o`simlik yog`i, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Kabachkini
2. Sarimsoqpiyozni maydalab to`g`rang yoki ezing. Pomidorni yarim oy shaklida to`g`rang. Keyin ikkalasini ham qovurilgan kabachkiga qo`shing. Tuz, murch va maydalangan ko`katlarni ham salatga soling.
3. Qaynatilan tuxumni maydalab to`g`rab, salatga qo`shing-da, mayonez solib aralashtiring.
2 kishilik
20 daqiqa
Tovuq go`shtidan quymoq
Saharlikka pishiramiz!
Zarur masalliqlar: 700 gr. tovuq go`shti, 70 gr. pishloq, 2 dona tuxum, bitta kabachki, 2 bo`lak sarimsoqpiyoz, shivit, o`simlik yog`i, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Tovuq go`shtini suyagidan ajratib, go`shtqiymaligichdan o`tkazing.
2. Kabachkini po`stidan tozalab, katta tishli qirg`ichdan o`tkazing. 5 daqiqa qoldiring, toki suvi ajralsin.
3. Pishloqni ham katta tishli qirg`ichdan o`tkazasiz.
4. Tovuq go`shti qiymasiga tuxum, pishloq, sharbatidan ajratilgan kabachkini solib, tuz, murch seping-da, yaxshilab aralashtiring. Maydalangan ko`kat va sarimsoqpiyozni ham qo`shamiz.
5. Qizdirilgan o`simlik yog`iga qiymadan 1 osh qoshiqdan solib, quymoqlarning ikkala tomonini ham qizartirib qovurib oling.
6 kishilik
40 daqiqa
Tillarang paramach
Eski reseptlarni yangilaymiz!
Zarur masalliqlar: xamiriga: 300-400 gr. un, 150 ml. sut, 2 osh qoshiq o`simlik yog`i, 1 choy qoshiqdan shakar, tuz va xamirturush; qiymasiga: 250 gr. mol go`shti qiymasi, 2 osh qoshiq o`simlik yog`i, 2 bosh piyoz, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Sutga avval o`simlik yog`ini soling, keyin quruq mahsulotlarni alohida aralashtirib qo`shamiz. Yumshoqqina xamir tayyorlab, 1,5 -2 soat tindiring.
2. Piyozni maydalab to`g`rab, qizdirilgan o`simlik yog`ida, pastroq olovda go`sht qiymasi bilan birga qovuring. Pishishiga oz qolganda tuz va murch sepasiz.
3. Oshgan xamirni 8 bo`lakka bo`lib, zuvalacha yasang. Keyin har birini diametri
4. Pishiriq qog`ozi solingan gaz patnisiga xamir bo`laklarini joylab, ustini yoping-da, 20-30 daqiqa issiqroq joyda tindiring.
5. Oshgan xamirlarning o`rtasidan kichik stakan yordamida chuqurcha hosil qiling. Chuqurcha ichiga qiymadan solib, xamir atrofiga tuxum sarig`ini surtamiz-da, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 30-40 daqiqaga qo`yamiz.
4 kishilik
3 soat
«Qush ini» taomi
Mazasiga baho bering!
Zarur masalliqlar: 12 dona qush uyasi shaklidagi makaron, 600 ml. suv, 500 gr. mol go`shti qiymasi, 500 ml. qaymoq, 100 gr. qattiq pishloq, 1 dona tuxum, 1 bosh piyoz, 5 osh qoshiq smetana, 3 osh qoshiqdan non talqoni va sariyog`, 2 osh qoshiqdan un va tomat, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, tuz, murch, quritilgan rayhon bargi, ko`katlar.
Tayyorlanishi: 1. Go`sht qiymasiga go`shtqiymalagichdan o`tkazilgan piyoz, 2 bo`lak ezilgan sarimsoqpiyoz, tuxum, non talqoni, 1 osh qoshiq smetana, tuz va murch qo`shib, aralashtiring.
2. Chuqurroq qolipni sariyog` bilan yog`lab, makaronlarni tering.
3. Qiymadan o`n ikkita «shar» yasab, makaronlar ustiga solib chiqing.
4. Qaymoqni engil ko`pirtirib, suv qo`shing. Tuz, murch, tomat, un, rayhon bargi, qolgan smetana va ezilgan sarimsoqpiyozni solib, mikser yordamida aralashtiring.
5. Qaymoqli qaylani taom ustidan quyib, qiymali «shar»lar ustiga bir bo`lakdan sariyog` qo`yib chiqing. Keyin 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 15 daqiqaga qo`ying. So`ngra zar qog`oz bilan taom ustini yopib, yana 25 daqiqa gaz pechida qoldiring.
1 soatu 20 daqiqa
4 kishilik