AsosiyDunyo

Kirovlik bola bo`yniga qadalgan shisha parchasi bilan bir hafta yurdi

'Kirovlik bola bo`yniga qadalgan shisha parchasi bilan bir hafta yurdi'ning rasmi

Rossiyaning Kirov viloyatidagi Kotelnich shahrida yashovchi bola bo`yniga qadalgan shisha parchasi bilan bir hafta yurgani yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Mahalliy OAVlarda 2008 yilda tug`ilgan bola oynali eshikka urilib, shisha uning bo`ynini kesib ketganligi tufayli kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berildi. Shifokorlar bolaga tibbiy yordam ko`rsatib, uning bo`ynidan shisha parchalarini tergan.

Ammo oradan bir hafta o`tganiga qaramay, bolaning bo`ynidagi og`riq to`xtamagan. Viloyat markazida qaytadan o`tkazilgan rentgenogramma natijasida jarohatda yana shisha parchasi qolganligi aniqlandi va olib tashlandi. Bo`lib o`tgan voqea yuzasidan inson hayoti va sog`ligi xavfsizligi talablariga javob bermagan holda xizmat ko`rsatilgani uchun jinoiy ish qo`zg`atildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar