Facebook asoschisi Mark Sukerberg Minneapolisdagi somalilik qochqinlar guruhi davrasida iftorlik taomlarini baham ko`rdi.
Bu haqda Mark Sukerberg o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma`lum qildi.
U somallik qochoqlar bilan suhbatlashdi, o`zini qiziqtirgan turli savollarni berdi. Mark Sukerberg umrining 26 yilini qochoqlar lagerida o`tkazgan odamga savol murojaat qildi: “Siz qochoq bo`lganingiz tufayli biror mamlakatda o`z xohishingiz bilan tanlash huquqiga ega emassiz. Amerikada o`zingizni o`z uyingizdagidek his qilasizmi?”
“Odam o`z uyida hoxlagan ishini qilishi mumkin, qochoqlar lageri ham uyga o`xshagan joy”, deb javob berdi somalilik qochoq. Uning fikriga javob tariqasida Mark Sukerberg “ Dunyoda inson o`zini o`z uyidagidek his qiladigan joylar juda kam”, deb yozdi o`zining ijtimoiy tarmoq sahifasida.
Sukerberg iftorlik uchun somalilik qochqinlarga minnatdorchilik bildirdi.
Muhammad Jama jtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Sukerbergning posti ostidagi izohlarda iftorlikdan olgan taassurotlari va surati bilan bo`lishgan.