AsosiyDunyo
7104

​Tennischi Vinus Uilyams o`lim bilan yakun topgan avtofalokat sababchisi bo`ldi

'​Tennischi Vinus Uilyams o`lim bilan yakun topgan avtofalokat sababchisi bo`ldi'ning rasmi

Amerikalik tennischi, 37 yoshli Vinus Uilyams 9 iyun kuni ro`y bergan, oqibatda bir kishi halok bo`lgan YTH sababchisi bo`ldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Yo`lda 78 yoshli erkak boshqargan avtomobil tennischining atomashinasi bilan to`qnashgan. Oradan ikki hafta o`tgach, erkak kasalxonada vafot etdi. Voqea 9 iyun kuni Florida shtatida ro`y bergan bo`lsa-da, bu haqda endi ma`lum bo`ldi. Vafot etgan erkakning yonida bo`lgan rafiqasi ham tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Polisiya mazkur YTHda aynan Vinus Uilyamsni aybdor, deb topdi. U yo`l harakati qoidasini buzganlikda ayblandi. Tekshiruv natijasida Vinus Uilyamsning qonida alkogol va giyohvandlik moddalari yo`qligi aniqlandi.

Eslatib o`tamiz, Vinus Uilyams — to`rt marotaba olimpiada chempioni bo`lib, mashhur tennischi Serena Uilyamsning opasi hisoblanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar