AsosiyDunyo
9038

​Meksikalik mer timsohga uylandi (Video)

'​Meksikalik mer timsohga uylandi (Video)'ning rasmi

Meksikaning San Pedro shahar meri Uamelula Viktor Agilar timsohga uylandi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

“Kelin” uchun maxsus nikoh ko`ylagi tikildi. Har ehtimolga qarshi tumshug`i pushti tasma bilan bog`lab qo`yildi.

Merning bu qilig`idan hayratga tushgan jahon ahlini meksikaliklar to`y ramziy ma`noda o`tkazilganidan xabardor qilishdi. Bunda “to`y”ning o`tkazilishi ovning serhosil bo`lishiga yordam berishini izohlashdi. Mazkur “to`y” har yili o`tkaziladi. Har bir to`yga har xil timsohlar “taklif qilinadi”. To`ydan keyin esa o`tkir tishli “kelin” suvga — ozodlikka qo`yib yuboriladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar