​"YoShIM 37 DA.KOLLEJGA O`QIShGA QABUL QILIShADIMI?"

Savol-javob 14.07.2017, 16:48
​"YoShIM 37 DA.KOLLEJGA O`QIShGA QABUL QILIShADIMI?"

"Yoshim 37 da. Tibbiyot kollejida tahsil olishni istayman. Kollejlarga to`lov asosida necha yoshgacha qabul qilishadi?"

Nargiza Ravshanova, Surxondaryo viloyati, Jarqo`rg`on tumani

Farhod RIZAEV, O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi direktorining birinchi o`rinbosari:

— O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta`lim olish O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 21 avgustda 1844-son bilan davlat ro`yxatidan o`tkazilgan "O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta`limni olish tartibi to`g`risida"gi nizom asosida amalga oshiriladi. Mazkur Nizomning 5-bandida ikkinchi va undan keyingi oliy (o`rta maxsus, kasb-hunar) ma`lumot olish uchun hujjatlar 20 iyuldan 20 avgustgacha qabul qilinishi ko`rsatilgan. O`qish muayyan kasb bo`yicha to`lov-shartnomada ko`rsatilgan mablag`ni belgilangan tartibda to`lagan fuqarolar soni guruh shakllantirish uchun etarli bo`lganda amalga oshiriladi.

Ikkinchi va undan keyingi o`rta maxsus ta`lim olish uchun fuqarolarning yoshi chegaralanmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1