14.08.2013 17:32
Sibir jazirama sahroga aylanishi mumkin
Ularga ko`ra, 50 yildan so`ng Sibir sahroga aylanishi mumkin. Olimlarning fikricha, 2020 yilga kelib Rossiyaning katta qismini egallab turgan abadiy muzliklar sezilarli darajada qisqaradi. Muzliklarning erishi uylarning vayron bo`lishiga va yo`llarning yuvilib ketishiga olib keladi, deb yozadi “RBK daily”.
«Muzliklarning erishi iqtisodiy tanglikni keltirib chiqarishi mumkin. Butun infratuzilma – binolar, inshootlar, kommunikasiyalar – deformasiyaga uchrab, asta-sekin vayron bo`aldi, chunki ular muzlagan tuproqni hisobga olgan holda barpo etilgan», - deydi MDU geografiya fakultetining etakchi ilmiy xodimi Yuriy Badu.
Boshqa bir olim esa Sibirda bepayon cho`llar paydo bo`lishini ta`kidlamoqda. Bularning hammasi Golfstrim oqimining to`xtashi mumkinligi bilan bog`liq.
:):(:D;):up::down::shock::angry::sick: