1

Sherzodbek, Umidaxon, Dilso`z. “Nihol” kimga nasib etadi?

Shou-biznes 16.08.2013, 00:40
Sherzodbek, Umidaxon, Dilso`z. “Nihol” kimga nasib etadi?
Shou-biznesda o`z o`rniga ega bo`lib, ko`plab muxlislar orttirishga ulgurgan yosh xonandalar Sherzodbek, Umidaxon hamda Dilso`z ayni damda “Nihol” mukofotiga da`vogarlik qilishyapti.
Umidaxonning aytishicha, mukofot uchun bo`lib o`tayotgan saralash bosqichlarining so`ngida xonandadan hay`at a`zolari o`zbek tilidagi qo`shig`ini emas balki aynan ingliz tilidagi qo`shig`ini jonli ijroda kuylab berishini so`rashgan. 

Sherzodbek esa mukofot uchun bo`lib o`tayotgan tanlovlarda oyog`i singan holatda ishtirok etyapti. Futboldagi qaltis xatolik sabab oyog`ini sindirib olgan Sherzodbek “A`lo FM” radiosining 7 yillik konsert dasturida ham oqsoqlanib ishtirok etgan edi. Kelasi haftadan uning yangi “Omon yor” nomli qo`shig`iga klip suratga olish ishlari boshlab yuboriladi. 

Umidaxonning yangi “Kel, yarashaylik” nomli qo`shig`iga ishlangan videoklip esa tayyor. Ularga raqobatdosh Dilso`z esa hozircha sukutda. Ko`raylik-chi, yuqoridagi uch ijodkordan qay biri “Nihol” mukofotini qo`lga kiritarkan?

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1