AsosiyJamiyat

Patrul xizmatiga 30 ta yangi «Neksiya-2» avtomashinalari topshirildi

Kuni kecha Farg`ona viloyati IIB PPX va JTSB tarkibidagi Farg`ona, Marg`ilon va Qo`qon shaharlariga xizmat ko`rsatuvchi patrul-post xizmati batalonlariga zamonaviy anjomlar bilan jihozlangan 30 ta yangi «Neksiya-2» avtomashinalari topshirildi.
Mazkur avtoulovlar patrul-post xizmati xodimlari o`zlariga biriktirilgan hududlarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash bilan birga, kezi kelganda sodir etilgan jinoyatlarni “issig`ida” fosh etish, jinoyatchilarni qo`lga olishda engillik, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida muvaffaqiyatlarga zamin yaratish maqsadlarida xazmat qiladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati [url=http://www.mvd.uz/uz/]xabar beradi.

Viloyat IIB boshlig`i vazifasini bajaruvchi, podpolkovnik M. Sottiev avtomashina kalitlarini xodimlarga topshirdi va yanada fidoyilik bilan xizmat qilish, avtomashinalarni ko`z qorachig`iday asrash lozimligini ta`kidladi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar