AsosiyJamiyat

O`zbekistonda mutlaqo sog`lom bolalar tug`ilishi 63 foizdan oshdi

Noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi har yili tibbiyot xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. 
Shu sana munosabati bilan Sog`liqni saqlash vazirligi “Inson salomatligi-bosh maqsad” mavzusida press-reliz [url=http://www.minzdrav.uz/uz/news/detail.php?ID=34817]e`lon qildi.

Matbuot tarqatmada ta`kidlanishicha, joriy yilda yurtimizda mutlaqo sog`lom bolalar tug`ilishi 63 foizdan oshgan. Dunyoning rivojlangan davlatlarida mazkur ko`rsatkich 70-72 foizni tashkil etishini inobatga olsak, respublikamizda bu borada yuksak o`sish sur`atlariga erishilayotganligini ko`rishimiz mumkin.

Yana bir muhim natija bolalarning irsiy xastaliklar va nuqsonli tug`ilishi xavfi 2000 yildagiga nisbatan joriy yilda 14 foiz kamayganligida namoyon bo`ladi. Yoki 92 foiz o`g`il-qizlarimizning vazni va bo`yiga doir ko`rsatkichlari Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti standartlariga to`liq mos kelayotganligi yanada quvonchlidir.

Ma`lumki, mamlakatimizda bolalarni o`z vaqtida emlashning mukammal taqvimi ishlab chiqilgan. Shunga asosan, bugungi kunda yurtimizda bolalarning 98 foizdan ziyodi oldini olish mumkin bo`lgan infeksiyalarga qarshi emlanmoqda. Buning natijasida poliomielit, chaqaloqlar qoqsholi, difteriya, qizamiq kabi kasalliklarga butunlay barham berildi. Qator yuqumli xastaliklar bilan og`rish holatlari keskin kamaydi.

“O`zbekistonda hatto global inqirozlar davrida ham aholining salomatlik ko`rsatkichlari muttasil oshib, umr ko`rish davomiyligi yuksalmoqda. O`zbekiston bu bilan haqli ravishda faxrlansa arziydi”, deyiladi Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Margaret Chenning poytaxtimizda bo`lib o`tgan “O`zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning milliy modeli: “Sog`lom ona — sog`lom bola” mavzuidagi xalqaro simpoziumning ochilish marosimidagi nutqida.

Sog`liqni saqlash tizimini yanada yaxshilash maqsadida ajratilayotgan davlat byudjeti mablag`larining yildan-yilga ko`payib borayotganligini eslash o`rinlidir. Agar o`tgan yil soha rivoji uchun davlat byudjetidan 2,8 trillion so`m mablag` ajratilgan bo`lsa, bu yil ushbu ko`rsatkich 3,4 trillion so`mga etdi.

Respublika Sog`liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig`i Farrux Sharipovning aytishicha, tugab borayotgan yilda tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun davlat byudjeti hisobidan shu yilning o`zida 311 milliard so`mlik qurilish va rekonstruksiya ishlari yakunlanadi.

Istiqlolga erishgunimizga qadar yurtimizda, boryo`g`i, 2 ta farmasevtika sanoati korxonasi mavjud bo`lgan bo`lsa, bugungi kunga kelib, ularning soni 138 taga etdi. Ayni paytda ana shu korxonalar tomonidan 1500 turdagi dori vositalari, tibbiy buyum va texnikalar ishlab chiqarilmoqda. 17 ta farmasevtika sanoati korxonasi esa o`z mahsulotlarini eksport qilmoqda.

Mamlakatimizda 72 ming nafardan ziyod shifokor, 310 ming nafardan ortiq o`rta maxsus tibbiyot xodimlari zimmasiga katta mas`uliyat yuklaydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar