Quyoshda qo`l, elka va badan terisinito`g`ri toblash va aksincha, kuygan terini qanday qilib asl holiga keltirish kerakligini bilish istagida bo`lsangiz, diqqat qiling! Sinalgan usullar faqat bizda!
Kerak bo`ladi: kartoshka, sut, qatiq, bodring, kremlar, moychechak damlamasi, ko`k choy, doka
Teri qizarishida
Teri qavati qizarib, achishishni boshlasa, quyidagi usulni sinab ko`ring: sut yoki suyuq qatiqqa ikki qavat dokani namlab, zararlangan teriga qo`ying. Kompress qurib qolmasidan uni alishtirib turing. Muolajani achishish hissi tarqaguncha bajarish kerak. So`ng teri yuzasini engil artib, tarkibida aloe sharbati bor kunduzgi oziqlantiruvchi kremdan yupqa qilib surting.
Sutdek oppoq bo`lganga nima etsin?!
1-2 ta bodringni mayda tishli qirg`ichdan o`tkazib, uni 2-3 osh qoshiq spirt bilan aralashtiring. Ushbu massa 2-3 soat salqin joyda turgach, qoraygan teri yuzasiga aylanma harakatlar yordamida surting. So`ng iliq suvda engil chaying. Bu usulni 2-3 kunda bir marta takrorlab tursangiz, qoraygan teri asl holiga qaytadi.
“Rang-baranglik”dan xalos bo`lish
Agar quyosh jaziramasi ta`sirida elka va qo`llaringiz yuz terisi rangidan farqli bo`lib qolsa, mana bu tavsiya asqotishi mumkin: 2 osh qoshiq tvorogga 1 dona tuxum sarig`i va 2-3 tomchi vodorod pereksidini aralashtiring. Niqobni elka va qo`lga surtib, 15 daqiqaga qoldiring. So`ng iliq suvda chaying. Muolajani 2-3 kunda bir marta bajarish kifoya.
Teringiz quruqmi?
Unda quyoshda qoraygan joylarni oqartirish uchun quyidagi usulga murojaat qiling: 1 osh qoshiq qirg`ichdan o`tkazilgan bodringni 2-3 tomchi borat kislotasi bilan aralashtirib, 2-3 daqiqaga qaynoq suv bug`ida ushlang. So`ng qoraygan teri sohasiga asta surtib, 15 daqiqaga qoldiring. Bu usul yordamida teri ranggi me`yoriy holatini tiklaydi. Muolajani bir haftada 1-2 marta bajarish mumkin.
Qanday toblanish kerak?
Ko`chaga chiqishdan avval “SPF” tarkibli kremni tananing barcha qismiga engil surtib, 15 daqiqadan so`ng istalgan manzilga yo`l olishingiz mumkin. Yoz mavsumining iyul-avgut oylariuchun mazkur kremlarning “30-50+” turlari tavsiya etiladi. Quyoshdan himoyalovchi kremni ko`chada bo`lgan vaqtingiz bir kunda ikki marta surtish maqsadga muvofiqdir. Ana shunda quyosh nurining ta`siri teriga ziyon etkazmay, u bir tekisda toblanadi.
Shokoladrang terini istaganlar...
Hozirgi kunda teriga xiyol toblanganlik ko`rinishini berish uchun maxsus kremlar sotilmoqda. Ana shu kremlar ko`chaga chiqishdan avval badanning barcha ochiq sohasiga tekis surtiladi. Bordi-yu, bunday krem bo`lmasa, achchiq damlangan qora seylon choyini paxtaga namlab, teriga surtish orqali ham toblangandek rang hosil qilish mumkin. Yana bir usul: tarkibida bodring yoki moychechak mavjud bo`lgan kunduzgi kremga to`q rangli yog`upa aralashtirib, badanga surtiladi. Bu ham toblanganlik ko`rinishini beradi.
Sayohatga chiqsangiz...
Suv havzalari yoki dam olish maskanlarida toblanish uchun mo`ljallangan kremni har gal suvdan chiqqach, qayta surtib turish kerak. Agar teringiz ta`sirchan bo`lib, yuza qavati shilina boshlasa, uni aslo olib tashlamang. Quyoshda toblanish uchun avval 10-15 daqiqa so`ng 30 daqiqa, keyinroq esa 1,5 soat vaqt etarli sanaladi.
Qichishishpaydo bo`ldimi?
Odatda, oftobda kuygan teri yuzasi qichisha boshlaydi. Bunday paytda 2 osh qoshiq moychechak gulini
Yodda tuting!
Tarkibi vitamin, oziqlantiruvchi qo`shimcha va gormonlardan iborat bo`lgan kremlarni dam olish maskanlari hamda quyosh tig`ida yurgan vaqtingiz surtmaslik kerak. Shuningdek, turli xil moylar ham bundan mustasno emas. Ayniqsa, quruq teri sohibalari ko`chaga otlanayotganda badan terisiga moy surtishlari mumkin emas. Aks holda pigment dog`larga moyillik yuzaga kelishi mumkin.