AsosiySUG'DIYONA

BAChADON AMPUTASIYaSI JINSIY HAYoTGA ChEK QO`YaDIMI?

'BAChADON AMPUTASIYaSI JINSIY HAYoTGA ChEK QO`YaDIMI?'ning rasmi

— Bundan o`n uch yil avval salpingoforit va peritonit kasalligi sabab, ikkala bachadon naychasi va bitta tuxumdonim olib tashlandi. Shundan so`ng hayz siklimda o`zgarishlar yuz berdi. Keyinchalik esa mioma paydo bo`ldi. Miomaning kelib chiqishiga tuxumdon etishmovchiligi sabab, deyishgani uchun turli gormonal dorilarni qabul qilib yuraverdim. Natijada, gormonal vositalar qorin pardaorti o`smasini rivojlantirib yubordi. Bu o`smani uch yil avval jarrohlik amaliyoti bilan olib tashlashdi. Yaqindan boshlab hayz ko`rmay qo`ydim. Miomaga esa sakkiz haftalik, deb tashxis qo`yildi. Gormonal dorilarni ham ichib ko`rdim. Lekin foydasi yo`q. Tezda toliqaman, hayotga bo`lgan qiziqishim yo`q. Biror ish qilgim kelmaydi, hech narsa yoqmaydi, erim bilan ham gaplashgim kelmaydi. Bu erta klimaksmi?

Muhabbat, 39 yosh, Namangan viloyati



Savollarga oliy toifali shifokor, akusher-ginekolog Rayhon SALOMOVA javob beradi.

— Mioma tashxisi qo`yilganida, ko`pincha, ayollar bachadonimni jarrohlik amaliyoti bilan olib tashlashadi deya shifokor ko`rigiga kelishdan bosh tortishadi. Ularning nazarida mioma o`simtasi bilan birga bachadon ham olib tashlanadi, natijada esa jinsiy hayot izdan chiqadi. Bu noto`g`ri fikr. Mioma o`simtasini konservativ hamda jarrohlik yo`li bilan davolash usullari mavjud. Mioma tufayli bachadon butunlay amputasiya qilib tashlangan taqdirda ham jinsiy hayot sifati buzilmaydi. Erkak ayolida bachadon bor yoki yo`qligini umuman sezmaydi, unga shunchaki ayolining ichki jinsiy a`zosi yo`qligi ruhiy bosim o`tkazishi mumkin. Shu bois, shifokorlar ko`p hollarda bachadon amputasiyasi haqida bemor ayollarning erlariga xabar berishmaydi.

Unutmang, mioma xastaligi tufayli organizmda qamqonlik yuzaga keladi. Birinchidan, o`simta organizmning bor kuchini so`rib oladi, ikkinchidan, surunkali qon ketishi o`z asoratini ko`rsatadi. Bularning barchasi, albatta, holsizlanish va immunitet pasayib ketishiga olib keladi. Maslahatim, miomani oldiring.

Dilnoza tayyorladi

    Boshqa yangiliklar