12.11.2013 09:53
Xavi g`alabalar soni bo`yicha Raulning rekordini ortda qoldirdi
Guruh bosqichining 4-tur o`yinida “Barselona” o`z maydonida Italiyaning “Milan” jamoasini 3:1 hisob bilan mag`lub etdi. Ushbu g`alaba Xavi uchun saksoninchi g`alabaga aylandi. Oldingi rekord “Real” klubining sobiq hujumchisi Raulga tegishli edi, u turnir o`yinlarida 79 marta g`alabani nishonlagan.
Xavi 1998 yildan buyon “Barselona” tarkibida o`ynaydi va klub uchun o`ynalgan matchlari bo`yicha rekordchi hisoblanadi. Futbolchi “Barsa” tarkibida jami uch marta Chempionlar ligasida g`alaba qozongan /2006, 2009, 2011/.