AsosiySUG'DIYONA

BIR BOQIShDAGI SEVGIGA IShONASIZMI?

'BIR BOQIShDAGI  SEVGIGA IShONASIZMI?'ning rasmi

Sevgi-muhabbat bobida kitoblar yoziladi, kinofilmlar suratga olinadi. Insonlar uni madh etishdan charchashmaydi. Lekin bir boqishdagi sevgi hamisha ham olov kabi yondiradimi? Quyidagi savollarimizga javob berib ko`ring.

1. Hayotingizda birinchi bora sevib qolishingizga qancha vaqt kerak bo`ldi?

A. Bir daqiqa: bizning sinfimizga yangi kelganida uni ko`rdim-u, hushimni yo`qotdim.

V. To`rt oyga yaqin.

S. Hozir hisoblab chiqaman. Bizning ota-onalarimiz meni uch yoshligimda, uni esa to`rt yoshligida tanishtirib qo`yishgan. Sakkiz yoshgacha do`st bo`lganmiz, olti yilcha janjallashardik. Ikki yilcha do`stlashdik, keyin sevishib qoldik.

2. Quyidagi fikrlardan qay biri sizga yaqin?

A. Bir boqishda sevib qololmasangiz, muhabbat sizga o`girilib ham qaramaydi.

V. Sevgi-muhabbat kutilmaganda keladi.

S. Bir boqishdagi sevgini alanglatish uchun ikkinchi marta o`girilib qarash lozim.

3. Sevgi haqidagi ta`riflardan qaysisi sizga yaqin?

A. Chaqmoq chaqqandek.

V. To`lqinlanib oquvchi dengiz.

S. Ulkan daraxtga.

4. Ikki yosh to`ygacha qancha muddat uchrashishlari lozim?

A. Bir oy.

V. Yarim yilga yaqin.

S. Shoshilmasdan ikki yosh bir-birini sinab, keyin turmush qurishlari lozim.

Endi javoblaringizga e`tibor bering. Uch harfdan qaysi birini ko`proq belgilagan bo`lsangiz...

A. Bir boqishdagi sevgi siz uchun. O`z shahzodangiz uchrashuvingizning birinchi daqiqasadiyoq bilasiz.

V. Siz uchun bir boqishda sevgi qalbingizni olovlatsa – yaxshi. Bolalikdagi do`stingiz bilan munosabatingiz ham sevgiga aylanishi mumkin. Nima farqi bor bari oxiri sevgi-ku, degan fikr sizga qaratilgan.

S. Siz hamisha qalbingizga bo`ysunmay, aql bilan ish yuritishga harakat qilasiz. Muhabbat qalbingizda paydo bo`lishi uchun ancha-muncha vaqt kerak bo`ladi. Bir boqishdagi sevgiga umuman ishonmaysiz.

    Boshqa yangiliklar