12.11.2013 10:01
Ozodbek Nazarbekovdan yangi tarona tayyor bo`ldi
2014-yilgi audioalbomdan joy oluvchi mazkur qo`shiq yangicha uslubda kuylangan bo`lib, unga musiqali video ham tasvirga tushirildi. Mazkur video milliy teleradiokanallarda yaqin kunlarda namoyish etila boshlaydi.
Bundan tashqari, xonandaning Samarqandning Registon maydonida bergan konsert dasturining montaj ishlari ham yakuniga etdi. Tez kunlarda bu konsert dasturining DVD disklari tayyor bo`ladi.