12.11.2013 10:05
Doniyor G`oipovning “Zulayho”si
Bir muncha vaqt mamlakatimiz va dunyo bo`ylab ijodiy safarlarda bo`lib qaytgan Doniyor “Zulayho” deb nomlangan sho`x taronasini yaratdi. Xonandaning aytishicha tez kunda ushbu raqsbop qo`shiqqa mos videoklip olish niyatida ekan. Bu borada esa munosib klipmeyker bilan hamkorlik qilish niyati borligini aytib o`tdi. Qizig`i Zulayho obrazida yangi qiyofa kashf etilishi rejalashtirilgan bo`lib, kasting asosida tanlab olinishini ma`lum qildi. Vohidjon Isoqov, Shohjaxon Jo`raev va boshqa xonandalarningsh “Zulayho”sidan bu tarona va maxsus klip nimasi bilan farq qilar ekan? Tez orada klipini ham kutib qolamiz.