Oktyabr to`ylari!

Shou-biznes 12.11.2013, 10:13
Oktyabr to`ylari!
Bahor va kuz oylari to`ylar mavsumi ekanligi hech kimga sir emas. Mazkur yilning kuz oyi esa, san`atkorlarimiz uchun anchayin omadli bo`ldi, desak yanglishmaymiz.

Birgina o`tgan oyning o`zida mashhurlardan bir emas, naq uch nafari visol oqshomlarini nishonlashdi...

IKKI YILLIK SEVGI SOHIBASI

Avvaliga o`z faoliyatini “Ofarin” ansamblida boshlagan raqqosa Zarina Ahmedovani ko`pchilik O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Alisher Fayzning “Zuhraxonning ro`moli” klipi orqali yaxshi tanishadi. Raqqosaning to`yi ba`zi oilaviy sabablarga ko`ra, mazkur yilga qoldirilgandi. Ikki yillik sevgi sohiblari va nihoyat 19 oktyabrda o`z baxt to`yini yaqinlari bilan nishonlashdi.
BO`YDOQLIK BILAN XAYRLAShDI!



“Afruz” guruhi vakili Jamshid  shu kungacha bo`ydoqlar reytingining etakchi pog`onalarini egallab kelayotgandi. 28 oktyabr kuni esa, xonanda bo`ydoqlik bilan xayrlashib, sevgan qiziga uylandi. Ularning quvonchli kunida barcha yaqinlari va el ardog`idagi san`atkorlar xizmatda bo`lishdi.
TASODIFIY UChRAShUVNING BAXTLI YaKUNI 

Xonandalarga yozib bergan she`rlari orqali tanilgan shoir Ahad Qayum esa, 31 oktyabr kuni baxtli kunini nishonladi. Yulduz ismli qiz bilan hayotini bog`lagan Ahad, tasodifiy uchrashuvi baxtli yakun bilan tugaganidan behad shod! Eng qizig`i, besh oylik tanishuv mobaynida shoir bo`lajak rafiqasiga bag`ishlab, “Yulduzim mening” nomli kitobini nashrdan chiqardi.

 Oilaviy hayotga qadam qo`ygan mashhurlarga faqat quvonchli daqiqalar hamroh bo`lishini tilab qolamiz! 

Aliya TULEMBAEVA
tayyorladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1