AsosiyShou-biznes

O`zbek kinoaktrisasi endi Qirg`izistonda suratga tushmoqda

Iste`dodli o`zbek kinoaktrisalaridan biri bo`lgan Shaxzoda Matchonova Qirg`izistonning MKS-Project kompaniyasi tomonidan suratga olingan "Tuman" to`liq metrajli badiiy filmida bosh rol ijro etdi.

Qirg`iz kinoijodkorlarning aytishlaricha, yangi kinokartina ekran yuzini dekabr oyida ko`radi. Bu haqda 12uz.com [url=http://www.12uz.com/ru/news/show/culture/15503/]xabar beradi.

Ta`kidlash joizki, ushbu rol Matchonovaning Qirg`iziston kinematografiyasidagi ikkinchi roli bo`lib, avvalroq aktrisa Sitora Farmonova bilan birgalikda 25-qismdan iborat "Obshaga" ("Yotoqxona") teleserialida suratga tushgan edi.

    Boshqa yangiliklar