1

Kompyuter bilan ishlaganda ko`zlarni qanday asrash mumkin?

Salomatlik 12.11.2013, 10:46
Kompyuter bilan ishlaganda ko`zlarni qanday asrash mumkin?
Agar tez-tez va uzoq vaqt kompyuterda ishlasangiz, ko`rish qobiliyatingiz yomonlashishi mumkin. Texas universiteti olimlari ko`zlarga muntazam ravishda hordiq berishni va «20-20-20-20» nomini olgan usulni qo`llashni tavsiya etadi.

U juda oddiy – har 20 daqiqada ko`zlarni ekrandan olib, 20 soniya davomida kompyuterdan 20 fut (6 metrga yaqin) masofada turgan predmetlarga qarash kerak. Bu payda ko`zlarni kamida 20 marta yumib-ochish ham lozim bo`ladi.
AQShlik mutaxassislarning fikricha, ana shunday oddiy, ammo samarali harakatlar ko`zlar qurishi va charchashi, shuningdek bosh va bo`yin og`riqlaridan qochish imkonini beradi. Kondisionerli xonada ishlovchi odamlar ushbu qurilmaga  alohida e`tibor qaratishlari lozim, chunki u havoni quritib yuboradi, bu esa ko`zlarda qurish va achishish hissini keltirib chiqaradi.
Olimlar o`zlari ishlab chiqqan usulning samarali ekaniga shubha qilmayapti va uni nafaqat shaxsiy kompyuter foydalanuvchilariga, balki o`zining ko`rish qobiliyatini asrashni xohlagan barcha kishilarga tavsiya etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1