1

Janubiy Koreyaning Eron va O`zbekistonga qarshi tarkibi ma`lum

Sport 14.08.2017, 13:20
Teglar: Futbol
Janubiy Koreyaning Eron va O`zbekistonga qarshi tarkibi ma`lum

Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Shin Te Yong JCh–2018 saralash bosqichidan o`rin olgan so`nggi ikki o`yin uchun 26 futbolchidan iborat tarkibni e`lon qildi.

Koreyalik mutaxassis jarohatidan to`liq tiklanganiga qaramay “Tottenxem” a`zosi Son Xyon Min va “Suonsi” yarim himoyachisi Ki Son Yonni terma jamoaga jalb qildi.

Darvozabonlar: Kim Jin Xyun (“Serezo Osaka”, Yaponiya), Kim Seung Gyu (“Vissel Kobe”, Yaponiya), Cho Xyun Vu (“Tegu”);

Himoyachilar: Kim Ki Xi (“Shanxay Shenxua”, Xitoy), Kim Ju Yung (“Xebey Chayna”, Xitoy), Kim Yung Kvon (“Guanchjou Evergrand”, Xitoy), Kim Min Je (“Chonbuk Motors”), Kim Min Vu (“Suvon Samsung”), Kim Jin Su (“Chonbuk Motors”), Ko Yan Xan (“Seul”), Choi Chul Sun (“Chonbuk Motors”);

Yarim himoyachilar: Ki Son Yon (“Suonsi”, Angliya), Son Xyon Min (“Tottenxem”, Angliya), Li Kun Xo (“Gangvon”), Ku Ja Chol (“Augsburg”, Germaniya), Yom Ki Xun (“Suvon Samsung”), Nam Tae Xe (Al-Duxail”, Qatar), Jang Xyun Su (“Tokio”, Yaponiya), Li Je Sung (“Chonbuk Motors”), Jung Vu Yong (“Chongking Lifan”, Xitoy), Kim Bo Kyung (“Kashiva Reysol”, Yaponiya), Kvong Kyung Von (“Tianjin Kuanjian”), Kvong Chang Xun (“Dijon”, Fransiya);

Hujumchilar: Li Dong Guk (“Chonbuk Motors”), Kim Shin Vuk (“Chonbuk Motors”), Xvang Xi Chan (“Red Bull Zalsburg”, Avstriya).

Shin Te Yong bo`lajak o`yinlar oldidan yaxshi tayyorgarlik ko`rilayotganini va barchadan, hatto maydonga tushmaydigan futbolchilardan bor e`tiborni qolgan ikki o`yinga qaratishni talab qilayotganini aytdi.

“Termaga chaqirilgan 26 futbolchining barchasi saralash bosqichi yakuniga qadar bir butun bo`ladi. Janubiy Koreya termasining taqdiri qolgan ikki o`yinga bog`liq. G`alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz”, – dedi Shin Te Yong.

Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi, shuningdek, jarohati bor Son Xyon Min va Ki Son Yon haqida ham to`xtalib o`tdi.

“Ki Son Yon o`ynay olmasa ham unga sardorlik bog`ichini bergim kelyapti. Ki milliy termamiz uchun muhim ahamiyatga ega futbolchilardan biri. Son Xyon Min “Tottenxem” mag`lulotlariga qaytdi. Uni terma ixtiyoriga erta chaqira olmaymiz, uning tibbiy holatini yana ko`zdan kechiramiz. Mening fikrimcha, u saralash bosqichi o`yinlari uchun etarliga tiklandi”, – dedi koreyalik mutaxassis.

Ma`lumot uchun, Janubiy Koreya terma jamoasi 31 avgust kuni o`z maydonida Eronga qarshi bahs olib borsa, 5 sentyabr kuni Toshkentda O`zbekiston termasi bilan kuch sinashadi.

Sharhlar

Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi

07.05.2022, 09:03

Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
“Qayrat” jamoasi a`zolari joy olgan samolyot halokatga uchradi

22.10.2021, 14:47

Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1