AsosiyHi-tech

Huawei” beshinchi avlod uyali tarmog`iga $600 mln yo`naltirmoqchi

Xitoyning “Huawei” kompaniyasi beshinchi avlod uyali tarmoqlarida katta imkoniyatlarni ko`rmoqda, shu bois ular ustida ishlashga katta miqdorda mablag` sarflamoqchi. 


Ayni paytda so`z 600 mln.dollar haqida bormoqda, biroq investisiya qilinadigan mablag` miqdori undan ham ko`proq bo`lishi mumkin.
Mablag`larni hali endigina rivojlanish bosqichida turgan texnologiyaga yo`naltirish qarori "Samsung” kompaniyasining yutug`i bilan shartlangan – koreyslar signalni millimetr chastotali diapazonda uzatish imkonini beruvchi qator qurilmalarni ishlab chiqishga muvaffaq bo`lgan.“Huawei”ning g`oyasiga ko`ra, 5G tarmoqlari ustida ishlashga sarmoya investisiyalash ishlari nafaqat signalni uzatish masofasini, balki tezligini ham oshirishga yordam beradi. Texnik jihatdan buni amalga oshirishning imkoni bor, biroq beshinchi avlod uyali tarmoqlari tez orada paydo bo`lishiga umid qilmasa ham bo`ladi. Gap shundaki, hozir 4G tarmog`i rivojlantirilmoqda va u hali o`z salohiyatini to`liq namoyon etgani yo`q.
“Huawei” rahbariyati beshinchi avlod uyali tarmog`ini 2020 yilda ishga tushirish niyatida, ammo bu faqat Xitoyda yuz berishi mumkin. Yuqorida tilga olingan mablag`lar birdaniga emas, balki asta-sekin, ya`ni yaqin besh yil ichida investisiya qilinadi. Sarmoya faqat uyali tarmoqlarga aloqasi bo`lgan texnologiyalarni yaratish va ularni rivojlantirishga yo`naltiriladi. 5G texnologiyasini qo`llovchi smartfonlar va planshetlarni ishlab chiqish ishlari esa qo`shimcha pul mablag`larini talab etadi.

    Boshqa yangiliklar