AsosiyDunyo

Gaaga sudi Kambodja va Tailand o`rtasidagi nizoni hal etdi

Gaaga Xalqaro sudi Tailand va Kambodja o`rtasidagi hududiy nizo bo`yicha qaror qabul qildi. 

Qadimiy Preaxvixea ibodatxonasi yonida joylashgan ushbu nizoli er uchastkasi kambodjaliklarga berildi.  
Kambodja hukumati Xalqaro sudning 1962 yil 15 iyundagi ibodatxonaga doir hukmini tushuntirib berish iltimosi bilan BMTning oliy sud instansiyasiga murojaat qilgandi. O`shanda sud Preaxvixea tarixiy-madaniy yodgorligini ushbu mamlakat yurisdiksiyasiga o`tkazgan. Biroq ibodatxona atrofidagi 4,6 kilometr kvadrat keladigan maydon yana mamlakatlar orasidagi nizoga sababchi bo`ldi.

Qayd etib o`tamiz, nizoli er uchastkasi Fu Makxua chegara hududida joylashgan bo`lib, Tailand tomonidan tepaliklardan va Kambodja tomonidan pasttekisliklardan iborat. 2008 yili ibodatxona aynan Kambodjada joylashgan ob`ekt sifatida YuNESKOning jahon madaniy merosi ro`yxatiga kiritildi. Biroq Tailand baribir ushbu hududga da`vo qilishda davom etdi. Xuddi shu yili nizo keskin tus olishi tufayli qo`shni mamlakatlar bir-biriga nisbatan qurolli kuch ishlatishgacha bordi.

    Boshqa yangiliklar