AsosiyDunyo

Italiyaning Sardiniya orolida suv toshqini yuz berdi: 17 kishi halok bo`lgan (VIDEO)

“Kleopatra” dovuli keltirib chiqargan Italiyaning Sardiniya orolidagi suv toshqini so`nggi ma`lumotlarga ko`ra 17 kishining hayotiga zomin bo`ldi.

2,5 mingga yaqin kishi uylarini tashlab chiqqan yoki boshpanasini yo`qotgan. Ayni paytda ularni ko`chirish ishlari amalga oshirilmoqda. Suv toshqinidan jabrlanganlarni mahalliy mehmonxonalar qabul qilib, ularni bo`sh xonalarga bepul joylashtiryapti.
Italiya bosh vaziri Enriko Letta oroldagi vaziyatni milliy fojia deb atadi. Mamlakat hukumati suv toshqini oqibatlariga qarshi kurashish uchun 20 million evro miqdorida yordam mablag`ini ajratdi. Yaqin kunlarda bosh vazir jabrlangan hududga tashrif buyuradi.
Orolga qutqaruvchilardan tashqari harbiylar ham uchib kelgan. Mamlakat mudofaa vaziri Maurer o`zining Bryusseldagi tashrifini to`xtatib, zudlik bilan Sardiniyaga uchib ketgan.
Hozir harbiylar jabrlanganlarga birinchi yordamni ko`rsatmoqda, chunki orolda ko`priklar va yo`llar ham vayron bo`lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar