AsosiySalomatlik

Venalarning varikoz kengayishi: alomatlari, sabablari va profilaktikasi

Venalarning varikoz kengayishida bir nechta bosqich farqlanadi.

Birinchi bosqich – yoqimsiz hislar va og`riq bo`lmaydi, faqat venalarning chiqib qolgani, qizil “yulduzchalar” va sonlar yoki boldirlarda tomir to`rlarini ko`rish mumkin, kechga yaqin oyoqlarning engil shishgani his etiladi.
Ikkinchi bosqich – boldir va tovon suyagini birlashtiruvchi bo`g`imda ko`zga tashlanadigan shishlar asosan kechqurunlari va yuklamalardan keyin paydo bo`ladi, kechasi boldir mushaklari tortishishi, uvushib qolishi, sanchishi, jimirlashi seziladi. 
Uchinchi bosqich – oyoq shishlari ko`zga tashlanadi, terida va teri osti biriktiruvchi to`qimalarida qotgan joylar shakllanadi, pigmentasiya, dermatitlar paydo bo`ladi, qichish va shishish hissi paydo bo`ladi.
To`rtinchi bosqich – oyoq terisida trofik yaralar hosil bo`ladi.
Agar oyoqlaringizda og`irlik his qilsangiz, oyoqlaringiz shishsa, agar tizza ostida, to`piqda yoki boldirda ko`plab tomir “yulduzchalari”, venalarning varikoz kengayishini ko`rsangiz, mutaxassisga murojaat qiling. Vena tomirlarini UTTdan o`tkazish natijalari venalarni davolash usulini belgilashda yordam beradi.
Raqamlar va faktlar
Tomirlar varikoz kengayishining u yoki bu alomatlari rivojlangan mamlakatlar aholisining 70% da uchraydi. Bu kasallikka asosan ayollar moyil bo`ladi. Ularda varikoz 25-45 yoshlar oralig`ida paydo bo`ladi, erkaklarda esa – 45-50 yoshlarda. Ushbu xastalik o`zining asoratlari bilan xavflidir. U har to`rtinchi bemorda 10 yildan so`ng nogironlikka olib keladi. 
Kasallik sababchilari:
 -  o`troq hayot tarzi yoki oyoqlarda tikka turib ishlash (sartaroshlar va sotuvchilar); - ortiqcha vazn; -  og`ir yuk ko`tarish; -  homiladorlik, balog`atga etish davridagi gormonal o`zgarishlar; -  gormonal kontraseptivlarni qabul qilish;-  tomirlarni siquvchi, tanaga haddan tashqari yopishib turadigan kiyimlar (yopishib turuvchi jinsi shimlar, qalin kolgotkalar, chulkilar, golfilar va rezinasi siqib turuvchi paypoqlar, to`piqni siquvchi bog`ichli poyabzal);  -  oyoqlarni chalishtirib o`tirish; -   kashandalik. Profilaktika
   - agar uzoq vaqt tikka turish yoki o`tirishingizga to`g`ri kelsa, qulay vaqt topilishi bilan og`irlikni oyoq uchidan tovonga va tovondan oyoq uchiga hamda bir oyoqdan ikkinchisiga tushiring;    - qon faolroq aylanishi uchun imkoniyat topilganida zinapoyadan yuqoriga va pastga yuguring;    - past poshnali poyabzal kiying – uning balandligi 4 sm dan oshmasligi kerak, kechki bazm tuflilarining poshnasi esa – 6 sm dan ko`p bo`lmagani ma`qul;    - bo`sh vaqtingizda oyoqlarni biroz ko`targan holda yoting (ular yurak sathidan 15- 20 sm balandlikda bo`lishi kerak);    - eng yaxshi profilaktika vositalaridan biri – bu davolovchi trikotaj. Uni albatta kiyib yuring!

    Boshqa yangiliklar