AsosiyJamiyat

$81,67 mlnlik elektr texnikasi eksport qilindi

Toshkentda mamlakatimiz elektr texnikasi tarmog`ini yanada rivojlantirishga bag`ishlangan davra suhbati bo`lib o`tdi.

Tadbir O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va «O`zeltexsanoat» uyushmasi tomonidan tashkil etildi. Bugungi kunda mamlakatimiz elektr energetika sanoati iqtisodiyotimizning qariyb barcha tarmoqlariga kabel va o`tkazgich mahsulotlar, past voltli apparatura, shchit qurilmalari, lift, transformator, elektr termik uskunalar, turli elektron texnika, priborlar, aloqa apparaturasi, maishiy texnika kabi 2000 turdan ziyod mahsulot etkazib bermoqda. Alohida yangi modellar ishlab chiqish, uskunalarni montaj qilish va ularga texnik xizmat ko`rsatish singari xizmatlar ham ko`rsatilmoqda. 2013 yilning birinchi yarmida uyushma korxonalari tomonidan qiymati 158,7 milliard so`mlik xalq iste`mol tovarlari ishlab chiqarilib, 81,67 million dollarlik mahsulot eksport qilingan.

    Boshqa yangiliklar