O`zimiz bilmagan holda nechta hashoratni tanovul qilamiz? Nega bizning matrasimiz 10 yil ichida ikki baravar og`irlashadi? Unitazdan ham iflosroq joy bormi?
Quyidagi bu savollarga javob topasiz.
1. Rimliklar tish pastasi sifatida sichqonlarning maydalangan miyasidan foydalangan.
2. Kapalaklar qon so`rishi ma`lum.
3. Ish stolingiz, oshxona rakovinasi, do`kon aravachasi, mobil telefoningiz, restorandagi taomnoma va bankomatda bakteriyalar soni unitazga qaraganda ko`proq.
4. Odam yiliga o`rtacha 500 grammga yaqin hashoratni asosan boshqa ovqatlar bilan birga iste`mol qiladi.
5. Oyoq kaftlaringiz yiliga 20 litrga yaqin ter chiqaradi.
6. Agar nimanidir hidlasangiz, ushbu ob`ekt molekulalari burunning ichki qismiga yopishib qoladi.

7. Lotereya chiptalarini sotib olishga borayotgan paytingizda o`lish imkoniyatingiz, lotereyada yutib olish imkoniyatingizga qaraganda yuqoriroq.
8. O`ng qo`li asosiy bo`lgan kishilarga mo`ljallangan uskunalardan foydalangani uchun har yili qariyb 2500 nafar chapaqay vafot etadi.
9. Muz kubiklarini saqlash uchun mo`ljallangan mashinalarning aksariyati yuvilmaydi. Ularda hatto shilimshiq modda va boshqa mikroblar ko`payishining oldini oluvchi tizim ham ko`zda tutilgan.
10. 10 yil ichida o`rtacha matrasning og`irligi chang kanalari va ularning hayot faoliyati chiqindilari to`planishi natijasida ikki baravarga oshadi.

11. Agar erkak sher prayd ustidan boshchilikni o`z qo`liga olsa, u podaning oldingi etakchisi naslini o`ldiradi.

12. Biz metro bekatida nafas oladigan havoning 15 foizga yaqini inson terisi tashkil etadi.
13. O`lim paytida o`z qurbonining yuzida tabassum hosil qiladigan zaharli o`simlik (Oenanthe crocata) mavjud.
14. Yasama tishlar ko`p hollarda radioaktiv bo`ladi.
15. Har yili jahon okeaniga tashlanadigan chiqindi miqdori u erdan ovlanadigan baliqlar og`irligidan uch baravar oshadi.






