Ispaniyaning “Valensiya” klubidan Millanning “Inter” jamoasi o`tgan himoyachi Joau Kanselu “PSJ” himoyachisi Dani Alvesga havas qilishini ma`lum qildi.
“Barchasi bir zumda amalga oshdi. “Inter” Evropada o`z o`rniga ega bo`lgan yuqori saviyadagi jamoa. Milanliklar taklifini qabul qilayoganimda jamoaning xalqaro maydondagi obro`sini tiklash uchun ko`p mehnat qilishim lozimligini angladim.
Men Dani Alvesga o`xshashga harakat qilaman, uning o`yinlari menga yoqadi. Ammo biz bir birimizni taqqoslay olmaymiz”, – dedi Kanselu.