20.11.2013 19:14
Sportchi bir sutka ichida 11 kg ga ozdi
Shuningdek, u bel aylanasidan 10 sm ga yaqinini ham yo`qotgan. Atlet o`zining ozish usuli xavfli va yoqimsiz ekanini qayd etadi.
Sportchi iloji boricha ko`proq suyuqlik yo`qotishni maqsad qilgan ekan. Ushbu ekspertmentni shifokor nazoratisiz takrorlab bo`lmaydi. Dastavval Ross issiq tuzli vanna qabul qiladi va bunda oz miqdorda diuretikli suvdan ichadi. Shu kuni Edjeli rasioniga umuman tuz kiritmagan, chunki u organizmda suvni ushlab turadi, deb yozadi “The Daily Mail”nashri. Keyin sportchi terlash uchun saunaga va undan so`ng sportzalga borgan. Ushbu harakatlar davomida u hech nima ichmagan.
Yuqoridagi proseduralarni bajargan Edjeli bir sutkada 11 kg tashlashga va bunda tetik bo`lib qolishga muvaffaq bo`lgan.
Organizmning bunday suvsizlanishi qayg`uli oqibatlarga olib kelishi mumkin, chunki suyuqlik barcha hayotiy muhim organlarning normal faoliyati va qonning kerakli hajmini saqlab turish uchun zarur. Shifokorlar bunday ekstremal eksperimentlarni takrorlashni qat`iyan taqiqlaydi.





