AsosiySport

RASMAN: USMON DEMBELE “BARSELONA” A`ZOSIGA AYLANDI

'RASMAN: USMON DEMBELE “BARSELONA” A`ZOSIGA AYLANDI'ning rasmi

“Barselona” jamoasi “Borussiya D” klubidan fransiyalik yarim himoyachi Usmon Dembeleni transfer qilganini e`lon qildi.

Kataloniyaliklar matbuot xizmatining xabar berishicha, klub Dembele transferi uchun 105 mln evro to`ladi. Bundan tashqari, futbolchining o`yinidan kelib chiqib, transfer summasining 40 foizi hajmidagi bonuslar berilishi mumkin.

20 yoshli futbolchi katalonlar klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Dembele Barselonaga yakshanba kuni etib keladi va keyingi kuni tibbiy ko`rikdan o`tib, shartnomaga imzo chekadi.

Boshqa yangiliklar